logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Maradonaning 1986 yilgi mashhur goli urilgan to'p 10 mln dollardan ortiq baholanmoqda

 9 AVGUST, 2026, 19:06

1986 yilgi jahon chempionati chorak finalida Diego Maradonaning Angliya darvozasiga mashhur «Qo'l bilan urilgan gol»ini kiritganida ishlatilgan to'p AQShda auktsionga qo'yiladi.

AFP ma'lumotiga ko'ra, auktsion 21–23 avgust kunlari o'tkaziladi. To'p uchun savdolar 2,5 mln dollardan boshlanadi, uning taxminiy qiymati esa 10 mln dollardan yuqori baholanmoqda.

Argentina mazkur uchrashuvda Angliyani 2:1 hisobida mag'lub etgan. Maradona o'yinda ikki marta gol urgan. Uning ikkinchi goli o'z maydoni yarmidan boshlangan yakkakurashdagi ajoyib harakatdan so'ng kiritilgan bo'lsa, birinchi goli futbolchining qo'li bilan urilgan va keyinchalik «Qo'l bilan urilgan gol» nomi bilan mashhur bo'lgan.

Ma'lum bo'lishicha, uchrashuvni boshqargan tunislik hakam Ali Bennaser to'pni o'yindan keyin olib qolgan va unga o'z yordamchilarining dastxatlarini qo'ydirgan. U to'pni 30 yildan ortiq vaqt davomida saqlagan.

Heritage Auctions ma'lumotiga ko'ra, to'p sport kollektsiyalari bo'yicha ixtisoslashgan ikki kompaniya tomonidan ekspertizadan o'tkazilib, haqiqiyligi tasdiqlangan.

Maradonaning mazkur uchrashuvda kiygan futbolkasi esa 2022 yildagi auktsionda 9,3 mln dollarga sotilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ