logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Manchester Siti» «Atletiko»ni mag'lub etdi

 9 AVGUST, 2026, 18:12

«Manchester Siti» Seulda o'tkazilgan nazorat uchrashuvida Madridning «Atletiko» klubini 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvda hisobni 43-daqiqada «matraschilar» yarim himoyachisi Morten Yulmann ochdi. Biroq ikkinchi bo'limda «shaharliklar» futbolchilari vaziyatni tubdan o'zgartirdi.

57-daqiqada Omar Marmush Antuan Semenoning uzatmasidan keyin hisobni tenglashtirdi. Oradan ikki daqiqa o'tib, Marmush yana bir bor o'zini ko'rsatib, «Manchester Siti»ni oldinga olib chiqdi. Bu safar ham unga Semeno assistentlik qildi.

Uchrashuvdagi so'nggi gol 90-daqiqada kiritildi. Rayan Ayt-Nuri Divayn Mubamaning uzatmasidan keyin hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirdi.

Shu tariqa «Manchester Siti» «Atletiko» ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ