«Liverpul» Barkola transferi bo'yicha optimistik kayfiyatda
9 AVGUST, 2026, 17:54
«Liverpul» «PSJ» vingeri Bredli Barkolani tarkibiga qo'shish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Jurnalist Ben Jeykobs ma'lumotiga ko'ra, mersisaydliklar muzokaralardagi o'z pozitsiyasiga ishonch bilan qaramoqda.
«Liverpul» 23 yoshli frantsuz futbolchisining transfer qiymatini 100 million evro atrofida baholamoqda. «PSJ» esa avvalroq Frantsiya terma jamoasi a'zosiga ancha yuqori narx belgilagan edi.
Biroq Jeykobsning fikricha, transfer oynasi yopilishiga yaqinlashgan sari ikki klubning futbolchi qiymati borasidagi qarashlari o'rtasidagi farq qisqarishi mumkin. Ayniqsa, «PSJ» «Barselona» hujumchisi Ferran Torresni tarkibiga qo'shsa, vaziyat o'zgarishi ehtimol.
«Agar Torres «PSJ»ga kelsa, menimcha, 170 million evro atrofidagi narx 20–30 million evroga tushishi mumkin.
«Liverpul»ning boshlang'ich taklifi esa 100 million evro atrofida. Bu summa ham yana 10–15 million evroga oshishi mumkin. Shuning uchun hozir katta bo'lib ko'rinayotgan narxlar o'rtasidagi farq avgust oyi davomida avvalgidek qolmasligi mumkin. Shu sababli «Liverpul» Barkola transferi amalga oshishiga umid qilmoqda», — dedi Jeykobs.
Qayd etilishicha, «Liverpul» Barkolani tarkibiga qo'shishdan manfaatdor, futbolchining o'zi ham mersisaydliklar safiga o'tishga qarshi emas. Tomonlar o'rtasida shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishda muammo bo'lishi kutilmayapti.
