Daniel Maldini «Atalanta»dan «Kalyari»ga o'tdi
9 AVGUST, 2026, 17:18
24 yoshli yarim himoyachi Daniel Maldini «Atalanta»dan «Kalyari»ga ijara asosida o'tdi. Kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish imkoniyati ko'zda tutilgan bo'lib, ayrim shartlar bajarilgan taqdirda ushbu band majburiyga aylanadi.
Avvalroq bitimning umumiy qiymati 9 million evrogacha etishi mumkinligi xabar qilingandi.
«Kalyari» Daniel Maldini faoliyatidagi ettinchi klub bo'ladi. Paolo Maldinining o'g'li faoliyati davomida avval «Milan», «Spetsiya», «Empoli», «Montsa» va «Latsio» klublari sharafini himoya qilgan.
