Reshford «Manchester Yunayted»ning mashg'ulot bazasiga qaytdi
9 AVGUST, 2026, 17:06
«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford «Barselona»dagi ijara muddati yakunlanganidan so'ng o'z klubida qolishi mumkin.
Taniqli insayder Fabritsio Romano o'z sahifalarida ma'lum qilishicha, futbolchi bugun «Manchester Yunayted»ning Karringtondagi mashg'ulot bazasiga etib borgan.
Qayd etilishicha, Reshfordga Turkiya va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq hujumchi ushbu variantlarni ko'rib chiqmayapti. «Manchester Yunayted» esa o'z tarbiyalanuvchisini yangi mavsum uchun tarkibda olib qolishga tayyor.
Reshford o'tgan mavsumni «Barselona»da ijara asosida o'tkazdi. Ijara muddati yakunlanganidan so'ng kataloniyaliklar futbolchining transfer huquqini sotib olmaslikka qaror qildi.
