logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Real» futbolchisi Mourino sabab APLga o'tishdan bosh tortdi

 9 AVGUST, 2026, 16:24

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Tyago Pitarch Angliyaga ko'chib o'tish imkoniyatiga ega bo'lgan, ammo jamoada qolishga qaror qilgan.

19 yoshli futbolchiga «Fulxem» jiddiy qiziqish bildirgan. Yaqinda londonliklar bosh murabbiyi etib tayinlangan Alvaro Arbeloa «Real» va «Kastilya»da birga ishlagan Pitarchni jamoasiga olib kelishni istagan.

Biroq yosh yarim himoyachi Angliyaga ketishni xohlamagan. Diario AS ma'lumotiga ko'ra, uning bunday qaror qabul qilishidagi asosiy omillardan biri Joze Mourinoning unga bo'lgan ishonchi bo'lgan.

Ta'kidlanishicha, portugaliyalik mutaxassis «Real» bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishidan oldinoq Pitarchning iqtidori haqida ijobiy fikrlarga ega bo'lgan. Endi Mourino ispaniyalik futbolchini asosiy jamoada muntazam ravishda maydonga tushirishni rejalashtirmoqda.

Tyago Pitarch jarohati sabab «Real»ning mavsumoldi tayyorgarligini o'tkazib yubormoqda. Biroq bu holat ham Mourinoning rejalariga ta'sir qilmagan — «The Special One» klub akademiyasi tarbiyalanuvchisiga ishonch bildirmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ