logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Xabi Alonso «Chelsi»ning yangi futbolchisi haqida fikr bildirdi

 9 AVGUST, 2026, 16:18

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaning o'ng qanot himoyachisi Marko Palestra haqida fikr bildirdi.

Italiyalik futbolchi iyul oyi boshida London klubi tomonidan «Atalanta»dan xarid qilingan. Transfer qiymati taxminan 60 million evroni tashkil etgan.

«Palestra jamoa uchun juda foydali futbolchi. Unda o'z ustida ishlashga bo'lgan kuchli intilish va bor kuchini maydonga berish istagi ko'rinib turibdi. Har bir o'yinda u tobora yaxshiroq ko'rinishda», — dedi Alonso matbuot anjumanida.

Ispaniyalik mutaxassis «Chelsi» bosh murabbiyi lavozimiga yoz boshida tayinlangan. Bunga qadar u Madridning «Real» klubini boshqargan va yanvar oyida jamoadan bo'shatilgan edi.

«Chelsi» o'tgan mavsumda Angliya chempionatini 10-o'rinda yakunlagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ