Igor Tyago Evropa grandlari e'tiborida
9 AVGUST, 2026, 16:00
«Brentford» hujumchisi Igor Tyago Evropaning bir qator top-klublari qiziqish doirasiga tushdi.
Transfer News Live nashri TEAMtalk ma'lumotlariga tayanib xabar berishicha, «Manchester Yunayted», «Chelsi» va «Tottenxem» vakillari braziliyalik futbolchiga qiziqish bildirgan. Shuningdek, Tyagoning o'yinini «Bavariya» ham kuzatib bormoqda.
Biroq «Brentford» bu yozda o'z etakchi futbolchisi bo'yicha tushadigan takliflarni ko'rib chiqish niyatida emas. Tyagoning o'zi ham jamoasini tark etishni rejalashtirmayapti.
Igor Tyago o'tgan mavsumda APLning 22 ta gol bilan ikkinchi to'purari bo'ldi. U faqat 27 ta gol urgan Erling Xolanddan ortda qoldi.
Transfermarkt portali 25 yoshli Braziliya terma jamoasi futbolchisining bozor qiymatini 65 million evroga baholamoqda.
