logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Kristal Pelas» Anan Xalaili transferini deyarli hal qildi

 9 AVGUST, 2026, 15:54

Isroillik vinger Anan Xalaili Belgiyaning «Yunion Sent-Jilluaz» klubidan «Kristal Pelas»ga o'tish arafasida.

Sport5 ma'lumotiga ko'ra, Angliya klubi belgiyaliklar bilan futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishgan. Xalaili esa «Kristal Pelas» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.

Ushbu yozda 21 yoshli futbolchi 25 million evro evaziga «Inter»ga o'tishiga yaqin turgan edi. Biroq Xalaili tibbiy ko'rikdan o'ta olmagani sababli bitim amalga oshmay qolgan.

Futbolchining yaqin kunlarda «Kristal Pelas» futbolchisi sifatida rasman tanishtirilishi kutilmoqda.

Xalaili o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 52 ta uchrashuvda 6 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etgan.

«Kristal Pelas» esa o'tgan mavsumni APLda 15-o'rinda yakunlab, Konferentsiyalar ligasi g'olibi bo'ldi. Yangi mavsumda Angliya klubi Evropa ligasida ishtirok etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ