logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Barselona» Rodri transferi uchun o'z futbolchisini «Manchester Siti»ga taklif qildi

 9 AVGUST, 2026, 15:48

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, «Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong Rodri Ernandes transferi doirasida «Manchester Siti»ga o'tishi mumkin. Bu haqda El Nacional xabar berdi.

Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar Rodri bo'yicha muzokaralar chog'ida ingliz grandiga de Yongni transfer bitimiga qo'shishni taklif qilgan. Biroq hozircha ushbu taklif qanday natija bilan yakunlanishi noma'lum.

29 yoshli de Yong o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Rodri esa o'tgan mavsumda «Manchester Siti» safida barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda 2 ta gol qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, Evropada yangi mavsum avgust oyining ikkinchi yarmida start oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ