logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Javohir Sindarov: "Men Gukeshning eng kuchli versiyasiga tayyorlanyapman"

 9 AVGUST, 2026, 13:00

Nomzodlar turniri g'olibi Javohir Sindarov amaldagi Jahon toji sohibi hindistonlik Gukesh Dommaradjuga qarshi kechadigan match haqida gapirdi.

"Fikrimcha, Gukesh juda yaxshi o'ynamoqda. Menimcha, uning muammosi shundaki, u yaxshi, hatto yutuqli poziciyaga ega bo'lganda ham muvozanatni yo'qotib qo'yadi. Buning sababi nimada ekanini bilmayman, lekin uning partiyalarini ko'rsangiz, u haqiqatan ham juda yaxshi o'ynayotganiga guvoh bo'lasiz.

Men bunga unchalik etibor bermayman. U juda kuchli shaxmatchi ekanini bilaman, chunki unga qarshi o'ynaganimda buni o'zim his qilganman. Men Gukeshning eng kuchli versiyasiga tayyorlanaman va Jahon chempionati matchida u o'zining eng yuqori formasida bo'ladi deb hisoblayman".

Malumot uchun, Gukesh Dommaradju va Javohir Sindarov o'rtasidagi FIDE Jahon chempionati-2026 bahsi 25 noyabrdan 15 dekabrga qadar SHveycariyaning Jeneva shahrida bo'lib o'tadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ