logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Barselona» Rodri bo'yicha yangi taklif bildirdi

 9 AVGUST, 2026, 11:06

«Barselona» yarim himoyachi Rodrining transferi bo'yicha «Manchester Siti» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

«Ko'k-anorranglilar» ispaniyalik futbolchi uchun qariyb 60 million evro to'lashga tayyor ekanini bildirgan, deb xabar beradi Transfer News Live nashri Sport manbasiga tayanib. Birinchi taklif — 45 million evro plyus 10 million evro bonus ko'rinishidagi summa «shaharliklar» tomonidan rad etilgan edi.

Dastlab Angliya klubi 30 yoshli futbolchi uchun taxminan 80 million evro talab qilgan edi, ammo yakunda 70 million evroga yaqin summadagi taklifni qabul qilishi ehtimoli yuqori. «Barselona» bitimni imkon qadar tezroq yopishga harakat qilmoqda.

Rodrining «Manchester Siti» bilan shartnomasi kelgusi yili o'z nihoyasiga etadi. Futbolchi Kataloniya grandiga og'zaki roziligini berib bo'lgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ