Fabregas Morataga umid bog'lamayapti
9 AVGUST, 2026, 11:00
«Komo» hujumchisi Alvaro Morata yaqin orada yana bir bor klubini o'zgartirishi mumkin.
33 yoshli futbolchi bosh murabbiy Sesk Fabregasning rejalaridan o'rin olmagan. Forvard klubni tark etishga tayyor — baxtiga, unda variantlar etarlicha: insayder Nikolo Skiraning xabar qilishicha, futbolchiga MLSning «Atlanta Yunayted» jamoasi, Ispaniyaning «Deportivo» va «Xetafe» klublari da'vogarlik qilmoqda, shuningdek, Qatar, Saudiya Arabistoni va Meksikadan ham talab bor.
«Komo» Alvaro Moratani o'tgan yilning avgustida ijaraga olgan edi, mavsum yakuniga etgach esa sotib olish huquqidan foydalandi. Evropa chempionining amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan, Transfermarkt portalidagi narxi esa 6 million evroni tashkil etadi.
