logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Las-Vegasdagi UFC turnirining asosiy jangi birinchi raunddayoq yakunlandi + FOTO

 9 AVGUST, 2026, 09:00

Biroz avval AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC Fight Night 284 turniri o'z yakuniga etdi.

Oqshomning asosiy jangi engil vazn toifasida o'tkazildi. Unda polshalik Mateush Gamrot Avstraliya vakili Kuillan Salkilldga qarshi oktagonga chiqdi. Jang biroz kutilmaganda avstraliyalik aralash yakkakurash ustasining g'alabasi bilan yakunlandi. Birinchi raund yakunlanishiga 35 soniya qolgan bir paytda Kuillan tajribali raqibini bo'g'ish usulida taslim etdi. 

Bu Gamrot uchun faoliyatidagi beshinchi mag'lubiyat bo'ldi. Hisobidagi g'alabalari soni 26 taligicha qoldi. Yana bitta jang o'tkazilmagan deya topilgan. O'z o'rnida Salkilld MMAdagi 13-g'alabasini tantana qildi. Hisobida 2 ta mag'lubiyat ham bor. Kuillan g'alabali seriyasini 11 ta jangga etkazib oldi. UFC`dagi g'alabalari 6 taga etdi. U bundan avvalgi jangida yana bir nomdor sportchi Beneil Dariushni birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratgan edi.






Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ