logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

99 yoshida afsonaviy argentinalik murabbiy vafot etdi

 9 AVGUST, 2026, 08:30

Lionel Messining otasidan tashqari, Argentina futbolida yana bir yo'qotish yuz berdi.

Migel Ubaldo Ingomirelo 99 yoshida o'z tug'ilgan shahri La-Platadagi Ispan gospitalida umrining so'nggi kunlarini o'tkazib, hayotdan ko'z yumdi. Uning futboldagi faoliyati yarim asrdan ko'proq vaqtni tashkil etdi — avvaliga futbolchi, so'ngra murabbiy sifatida.

70-yillarda aynan u Argentina terma jamoasini 1974 yilgi Jahon chempionatiga olib chiqqan, shuningdek, Mario Kempesni kashf etib, milliy termaga jalb qilgan edi. Oradan to'rt yil o'tib, argentinaliklar o'z tarixida ilk bor Jahon chempioni bo'lishganida aynan Kempes jamoaning bosh yulduziga aylangan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ