logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

O'rozov: «Barcha o'yinlarda mag'lub bo'lganimizda Kannavaroning aybi yo'q. O'zimizga unchalik ishonmadik, hayajonlandik»

 9 AVGUST, 2026, 07:54

O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Jahongir O'rozov jamoaning JCh-2026dagi ishtirokiga baho berdi.

Fabio Kannavaro murabbiyligidagi jamoa guruh bosqichida Kolumbiya (1:3), Portugaliya (0:5) va DR Kongo (1:3) terma jamoalariga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.

— Jahon chempionatida boshqacha daraja, u erda o'ynash juda qiyin bo'ldi. Biz bunday turnirga birinchi marta chiqdik. Bu biz uchun tajriba. Umid qilamanki, keyingi Jahon chempionatlarida yaxshiroq ishtirok etamiz.

— Nima uchun ochko to'plashning imkoni bo'lmadi?

— O'zimizga unchalik ishonmadik, hayajonlandik. U erda yuqori darajadagi futbolchilar o'ynashdi, ko'pchiligi — Chempionlar Ligasi g'oliblari.

— Kannavaroning ishiga qanday baho berasiz?

— O'zbekiston terma jamoasining barcha o'yinlarda mag'lub bo'lganida Fabio aybdor emas. Jismoniy holatimiz yaxshi edi. Kannavaroning yordamchilari bizga ko'p narsani o'rgatishdi. Bunday ishtirok etganimizga futbolchilarning o'zi aybdor, — dedi «Rubin» himoyachisi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ