logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Neymar «Inter Mayami»da Messi bilan yana birlashishi mumkin

 9 AVGUST, 2026, 07:42

«Santos»ning braziliyalik hujumchisi Neymar 2027 yilning yanvarida «Inter Mayami»ga o'tishi mumkin, deb xabar beradi LIBERTA DEPRE X ijtimoiy tarmog'ida Felipe Meloga tayangan holda.

Manbaga ko'ra, Neymarning 2027 yil yanvaridan e'tiboran «Inter Mayami»da to'p surish ehtimoli juda yuqori. Lionel Messi, Kazemiro va Luis Suares to'p surayotgan AQSh klubi «Santos»ning 10-raqamli futbolchisi uchun faoliyatini davom ettirishning eng ehtimoliy varianti sifatida qaralmoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, aynan «Inter Mayami» Neymar professional faoliyatini yakunlaydigan klubga aylanishi mumkin.

Avvalroq Neymar Messi bilan birgalikda «Barselona» va «PSJ» klublarida to'p surgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ