logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Alvares "Barsa"ga o'tish uchun dod-voy solmaydi

 9 AVGUST, 2026, 07:36

Xulian Alvares «Barselona»ga o'tishi haqida oshkora bayonot bermaydi, deb xabar bermoqda As.

«Atletiko» hujumchisi bosh murabbiy Diego Simeone, so'ngra klub rahbariyati bilan yuzma-yuz uchrashib, jamoani tark etish istagini ma'lum qilmoqchi. Shu bilan birga, argentinalik futbolchi uni faqat «Barselona» qiziqtirayotganini aniq tushuntirib qo'ymoqchi.

Xulian kataloniyaliklarning taklifi har ikkala tomon uchun ham manfaatli deb hisoblaydi, biroq Madrid klubi bunga qo'shilmayapti. Manbaning xabariga ko'ra, «Barsa»ning amaldagi taklifi 100 million evrodan 120 million evrogacha oshirilgan.

Eslatib o'tamiz, iyun oyida Alvares «Atletiko»ni tark etmoqchi ekanini oshkora ma'lum qilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ