«Tottenxem» Solomonni «Vest Xem»ga sotdi
9 AVGUST, 2026, 07:30
Manor Solomon «Tottenxem»dan «Vest Xem»ga o'tmoqda, deb xabar beradi insayder Fabritsio Romano.
Bitim kelishib olindi, tibbiy ko'rik ertagaga belgilangan.
«Tottenxem» izroillik yarim himoyachi uchun 5 million funt va yana 2 million funt bonus ko'rinishida oladi. Solomon «Vest Xem» bilan 2030 yilgacha uzaytirish imkoniyati bo'lgan uch yillik shartnoma imzolaydi.
O'tgan mavsumda Solomon ijara asosida «Vilyarreal» va «Fiorentina» klublarida to'p surgan edi.
