logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Valverde: «Mourino bunday bo'lishini kutmagandim»

 9 AVGUST, 2026, 07:18

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino bilan ishlash taassurotlari haqida o'rtoqlashdi.

Urugvaylik futbolchi «qaymoqranglilar»ga Vengriyaning «Ferentsvarosh» klubiga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvida (2:1) mag'lubiyatga uchratishga yordam berdi va golli uzatmaga mualliflik qildi.

«Mourino — ajoyib murabbiy. Men har kuni undan nimadir o'rganishga harakat qilyapman. Biz hamisha u uchun oxirigacha kurashamiz. Joze — klubimiz uchun bo'lakcha inson.

Men Mourino bunday bo'lishini kutmagandim. U bizga juda yaqin. Ha, ba'zida u talabchan va qattiqqo'l, lekin bu bizning o'sishimizga yordam beradi deb o'ylayman», — deydi Valverdening so'zlarini Madrid Xtra nashri keltirib.

12 avgust kuni «Real» «Deportivo»ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ