logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Flik mavsumoldi o'yinlaridagi «Barselona»ning o'yiniga baho berdi

 9 AVGUST, 2026, 07:06

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bir oqshomda «Nottingem Forest» va «Udineze»ga qarshi o'tkazilgan ikkita o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Jamoalar bir-birlariga qarshi bittadan taym o'tkazishdi. «Ko'k-anorranglilar» Angliyadan kelgan raqibni mag'lub etishdi (1:0), so'ngra Italiya jamoasiga xuddi shunday hisobda imkoniyatni boy berishdi.

«Kuchli raqiblarga qarshi yaxshi o'yinlar bo'ldi. Biz bundan ancha yaxshiroq o'ynashimiz mumkin, lekin yakunda natijadan qoniqdim. Kechagi mashg'ulotlarda jamoaning harakatlari menga unchalik yoqmagandi, bugun esa hammasi yaxshiroq kechdi», — dedi germaniyalik mutaxassis jurnalistlar bilan suhbatda.

16 avgust kuni kataloniyaliklar Shveytsariyaning «Bazel» klubiga qarshi mavsumoldi uchrashuvini o'tkazishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ