logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Polymarket Chempionlar ligasi — 2026/2027 mavsumining favoritlarini aniqladi

 9 AVGUST, 2026, 05:48

Polymarket sayti UEFA Chempionlar ligasining 2026/2027 yilgi mavsumida ayrim jamoalarning g'olib bo'lish imkoniyatlarini foizlarda baholadi. Turli voqealar ehtimolini baholashga ixtisoslashgan platforma ma'lumotlariga ko'ra, Evropaning asosiy klublar musobaqasida bir yo'la uchta jamoa — «PSJ», «Real» (Madrid) va «Bavariya» favorit hisoblanmoqda.

Musobaqaning umumiy bosqichi start olishidan oldin Ispaniya, Frantsiya va Germaniya grandlarining Chempionlar ligasida g'olib bo'lish ehtimoli 14 foizdan baholangan. Keyingi o'rinda 13 foiz bilan Angliyaning «Manchester Siti» klubi qayd etilgan.

Amaldagi Chempionlar ligasi g'olibi — «Pari Sen-Jermen».

Joriy mavsum musobaqasining final uchrashuvi 2027 yil 5 iyun kuni Madriddagi «Metropolitano» stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ