logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Real»ning 2026/27 yilgi mavsum uchun asosiy tarkibi ma'lum bo'ldi

 8 AVGUST, 2026, 23:48

«Real»ga yaqinligi bilan tanilgan jurnalist Arancha Rodriges jamoaning mavsum boshidagi taxminiy asosiy tarkibi qanday ko'rinishda bo'lishi mumkinligini ma'lum qildi, deb yozmoqda Sports.kz.

«Menimcha, “Real” yangi mavsumni 4-2-3-1 sxemasi bo'yicha boshlaydi: Kurtua — Kukurelya, Konate, Ryudiger, Aleksander-Arnold — Silva, Valverde — Vinisius, Bellingem, Diomande — Mbappe», — deb yozdi Rodriges ijtimoiy tarmoqda.

Birinchi rasmiy o'yinni «Real» 2026/27 yilgi mavsumda 22 avgustdan 23 avgustga o'tar kechasi o'tkazadi. Madridliklar Ispaniya chempionati 1-turida safarda «Espanol»ga qarshi maydonga tushadi.

Shundan so'ng sentyabr oyiga qadar Joze Mourino shogirdlari La Ligada o'z maydonida ikki uchrashuv o'tkazadi — «Real Sosedad» va «Malaga»ga qarshi.


Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ