logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«PSJ» va «Manchester Yunayted» nazorat uchrashuvida durang o'ynadi (videosharh)

 8 AVGUST, 2026, 23:30

Frantsiyaning «Pari Sen-Jermen» va Angliyaning «Manchester Yunayted» klublari o'rtasidagi nazorat uchrashuvi yakunlandi. Jamoalar Shvetsiyaning Gyoteborg shahridagi «Ullevi» stadionida kuch sinashdi. Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.

Parijliklar hujumchisi Ibraim Mbaye 2-daqiqada hisobni ochdi. Manchesterliklar safida Brayan Mbemo 32-daqiqada javob golini urdi.

5 avgust kuni Parij klubi Ispaniyaning «Malorka» jamoasiga 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan edi.

«Pari Sen-Jermen» 2025/26 yilgi mavsumda Frantsiya Liga 1 chempioni bo'ldi. Jamoa 34 ta uchrashuvda 76 ochko jamg'ardi. O'tgan mavsum UEFA Chempionlar ligasi finalida esa parijliklar Londonning «Arsenal» klubini asosiy vaqtda 1:1 hisobida durang o'ynab, penaltilar seriyasida 4:3 hisobida mag'lub etdi.

Angliya chempionatida «Manchester Yunayted» 38 ta uchrashuvda 71 ochko to'plab, uchinchi o'rinni egallagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ