«Liverpul» Arauxodan qaysi pozitsiyalarda foydalanmoqchiligi ma'lum bo'ldi
8 AVGUST, 2026, 21:12
«Liverpul» Ronald Arauxodan bir vaqtning o'zida bir nechta pozitsiyada foydalanishni rejalashtirmoqda, xabar beradi Fabritsio Romano.
Ingliz klubi urugvaylik futbolchini nafaqat himoya markazida, balki o'ng qanot himoyachisi sifatida ham ko'rmoqda — zarurat tug'ilganda u ushbu pozitsiyani yopa oladi.
«Liverpul» Arauxoning transferidan mamnun va uning faoliyatidagi yangi bosqich oldidan ishtiyoqi yuqori ekanini alohida ta'kidlamoqda. Avvalroq futbolchi faoliyatini mersisaydliklar safida davom ettirishi haqida xabar berilgan edi.
