logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Real» Messi va uning oilasiga ta'ziya izhor qildi

 8 AVGUST, 2026, 21:06

Madridning «Real» klubi Lionel Messining otasi Xorxe Messining vafoti munosabati bilan unga hamdardlik bildirdi.

Ispaniya klubi rasmiy bayonot e'lon qilib, unda argentinalik futbolchi, uning oilasi va yaqinlariga ta'ziya bildirdi.

— «Real Madrid», klub prezidenti va direktorlar kengashi Leo Messining otasi Xorxe Messining vafoti munosabati bilan chuqur qayg'uda. Klubimiz Leoga, uning oilasi va barcha yaqinlariga hamdardlik bildiradi, — deyiladi Madrid klubi bayonotida.

Xorxe Messi uzoq yillar davomida o'g'lining manfaatlarini himoya qilib, uning faoliyati bilan bog'liq masalalar bilan shug'ullanib kelgan. Uning vafoti haqida bugun, 8 avgust kuni ma'lum bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ