logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Rasman. Behruz Karimov Evropa jamoasiga o'tdi

 8 AVGUST, 2026, 21:00

O'zbekiston milliy terma jamoasi va “Surxon” klubining 19 yoshli himoyachisi Behruz Karimov faoliyatini Shveytsariya Superligasi vakili “Lugano” klubida davom ettiradi. Bu haqda O'zbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati xabar berdi.

18 yoshli futbolchi Toshkent shahrida yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tgan. Shundan so'ng Karimov “Lugano” bilan shartnoma imzolagan.

Endilikda futbolchi Shveytsariyada faoliyat yuritishi uchun zarur vizani olishi kutilmoqda. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, Karimov Shveytsariyaga yo'l oladi.

Behruz Karimovning yangi jamoasi Shveytsariya futbolining eng o'ziga xos va tarixiy klublaridan biri hisoblanadi. 1908 yilda tashkil topgan jamoa 2000 yillar boshidagi bankrotlikdan so'ng o'zini tiklab, evrokuboklarning muntazam ishtirokchisiga aylangan. Xususan, o'tgan mavsumda “Lugano” ichki chempionatda “Bazel” va “Yang Boyz” kabi grandlarni ortda qoldirib, 3-o'rinni egalladi hamda yangi mavsumda Konferentsiyalar Ligasining ikkinchi saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. O'z tarixida 3 marta mamlakat chempionligi va 4 marta Shveytsariya kubogini (so'nggisi 2022 yilda) qo'lga kiritgan jamoaga ayni paytda 44 yoshli mahalliy mutaxassis Mattia Krochi-Torti ustozlik qilmoqda.

Ma'lumot uchun, Behruz Karimov futbolchilik faoliyatini “Odil Junior” akademiyasida boshlagan. Yosh himoyachi 2026 yilgi Jahon chempionatida O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, Portugaliya va Kolumbiyaga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushgan edi. Aynan mundialdagi ishonchli harakatlaridan so'ng yosh himoyachiga Evropa jamoalaridan jiddiy qiziqish paydo bo'lgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ