AFA prezidenti Skalonining terma jamoadagi kelajagi haqida gapirdi
8 AVGUST, 2026, 19:32
Argentina futbol associaciyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia milliy terma jamoa bosh murabbiyi Lionel Skalonining kelajagi borasidagi masalaga to'xtaldi.U murabbiyni terma jamoada qolishga ko'ndira olishiga ishonch bildirdi. 48 yoshli Skalonining amaldagi shartnomasi shu yilning oxirida o'z nihoyasiga etadi.
"Men Lionelni juda yaxshi ko'raman. U bu erda og'ir damlarni boshidan kechirdi. Barchamiz uning qolishini xohlaymiz. Muzokaralar juda ilgarilab ketgan.
Mening rejam — bu Skaloni", — deydi AFA rahbarining so'zlarini keltirgan "TyC Sports" nashri.

Manba: olamsport.com
