logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Inter» Avstraliyada «Yuventus»ni mag'lub etdi

 8 AVGUST, 2026, 19:12

«Yuventus» va «Inter» Avstraliyada o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan bahsda «Inter» 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 20-daqiqada ochildi. Federiko Dimarko himoyachi qarshiligiga qaramay, jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi va to'p uzoq burchakdan joy oldi.

64-daqiqada «Inter» ikkinchi golini urdi. Andi Diuf darvozabon bilan birga-bir vaziyatda to'pni darvoza tomon yo'lladi. To'p ustunga tegib, rikoshet orqali to'rga kirdi.

Uchrashuv yakuniga 5 daqiqa qolganida «Yuventus» hisobni qisqartirdi. «Inter» himoyasidagi xatodan so'ng Fransishku Konseysau darvozabon bilan birga-bir chiqib, to'pni «to'qqizlik»ka joyladi.

Shu tariqa, «Inter» o'rtoqlik uchrashuvida «Yuventus» ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ