logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Chelsi» sotishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxati e'lon qilindi

 8 AVGUST, 2026, 19:00

«Chelsi» tarkibni jiddiy o'zgartirishni rejalashtirmoqda va bir qator futbolchilar bo'yicha kelib tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

The Touchline ma'lumotiga ko'ra, London klubi bilan xayrlashishi mumkin bo'lgan futbolchilar qatoriga yarim himoyachi Entso Fernandes, shuningdek, hujumchilar Nikolas Jekson va Liam Delap ham kiritilgan.

Bunday qarorga jamoa tarkibida futbolchilar sonining haddan tashqari ko'payib ketgani sabab bo'layotgani aytilmoqda. «Chelsi» tarkibda joy bo'shatish va futbolchilarning sotuvidan qo'shimcha mablag' ishlab olishni maqsad qilgan.

«Chelsi» yangi mavsumdagi APLdagi ilk uchrashuvini 24 avgust kuni safarda «Fulxem»ga qarshi o'tkazadi. Bu bahs Xabi Alonso uchun «ko'klar» bosh murabbiyi sifatidagi ilk rasmiy o'yin bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ