logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Atletiko» himoyachisi APLga ko'chib o'tadi

 8 AVGUST, 2026, 18:12

«Atletiko» himoyachisi Matteo Rudjeri faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishga yaqin.

Mashhur insayder Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, «Aston Villa» madridliklar klubi bilan italiyalik futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan. Transfer qiymati 20 million evroni tashkil qiladi.

Manbaga ko'ra, 22 yoshli chap qanot himoyachisi Birmingem klubiga o'tishga rozilik bergan. Ayni vaqtda «Aston Villa» va Rudjeri vakillari futbolchining shaxsiy shartnomasi shartlarini muhokama qilmoqda.

Transferni rasmiylashtirish uchun tomonlar yana bir nechta masalani hal qilishi kerak.

Matteo Rudjeri 2025 yil yozidan buyon «Atletiko» sharafini himoya qilib kelmoqda. U madridliklar safiga «Atalanta»dan ko'chib o'tgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ