logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Bruno Gimaraes «Arsenal»da ham 39-raqamda o'ynashining sababini tushuntirdi

 8 AVGUST, 2026, 17:54

«Arsenal»ning yangi futbolchisi Bruno Gimaraes London klubiga o'tganidan so'ng nega 39-raqamli futbolkada o'ynashda davom etishini tushuntirdi.

«Bu raqam men uchun juda katta ahamiyatga ega. Hatto 39 raqami tushirilgan tatuirovkam ham bor. Otam Braziliyada 20 yildan ortiq vaqt taksichi bo'lib ishlagan. Taksi oilamizga barcha narsani — uy-joy, oziq-ovqat va kiyim-kechakni ta'minlab berdi. Braziliyadagi klub bilan birinchi professional shartnomamni imzolash imkoniyati paydo bo'lganida, otamdan qaysi raqamni tanlashim kerakligini so'radim. U esa: “39”, deb javob berdi», — deya Gimaraesning so'zlarini keltiradi «Arsenal» matbuot xizmati.

«Arsenal» 8 avgust kuni braziliyalik yarim himoyachining transferini rasman e'lon qildi. Gimaraes London klubi bilan to'rt yillik shartnoma imzoladi.

Avvalroq OAVda futbolchining transferi «kanonirlar»ga 90 million evro atrofidaga tushgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ