logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Lukaku «Fenerbaxche»ga o'tishga yaqin: klublar transfer summasi bo'yicha kelisha olmayapti

 8 AVGUST, 2026, 17:48

«Fenerbaxche» «Napoli» hujumchisi Romelu Lukakuni o'z safiga qo'shib olish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Hurriyet ma'lumotiga ko'ra, turk klubi belgiyalik futbolchining vakili bilan og'zaki kelishuvga erishgan.

Endi «Fenerbaxche» transfer summasi bo'yicha «Napoli» bilan kelishib olishi kerak. Neapol klubi 33 yoshli hujumchi uchun 12 million evro olishni ko'zlamoqda. Biroq «Fenerbaxche» 6–7 million evrodan ortiq mablag' to'lash niyatida emas.

Shuningdek, belgiyalik forvardning sotuvidan tushadigan mablag'ning 40 foizini «Napoli» «Chelsi»ga berishi kerakligi qayd etilmoqda.

Ayni paytda klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. «Napoli» rahbariyati vaziyatga optimistik qaramoqda va Lukaku bilan joriy dam olish kunlari yakuniga qadar xayrlashishga umid qilmoqda.

Lukaku «Napoli» safida ikki mavsum o'tkazdi. Bu vaqt davomida belgiyalik futbolchi 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ