logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Lionel Messining otasi vafot etdi

 8 AVGUST, 2026, 16:06

Argentinalik hujumchi Lionel Messining otasi Xorxe Messi 68 yoshida Rosario shahridagi klinikada vafot etdi. Bu haqda Argentinaning Infobae nashri xabar bermoqda. U uzoq vaqt davomida xastalik bilan kurashgan, biroq aynan qaysi kasallik ekaniga aniqlik kiritilmagan.

Jahon chempionatini Jazoirga qarshi o'yindagi (3:0) het-trik bilan boshlagan Messi bahsdan so'ng ko'z yoshlarini tutib tura olmagan edi. Intervyusida u bu reaktsiya sport bilan bog'liq emasligini, balki boshdan kechirishiga to'g'ri kelgan og'ir kunlar sabab ekanini aytgandi. O'shanda Messining otasi og'ir xasta ekani haqida xabarlar paydo bo'la boshlagan, chunki u Argentina terma jamoasi o'yinlari vaqtida Leoning oilasi bilan birga tribunada ko'rinmagan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ