logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mareska Traffordning «Manchester Siti»dan ketishini tushuntirdi

 8 AVGUST, 2026, 16:00

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Entso Mareska darvozabon Jeyms Traffordning «Lids»ga o'tib ketgani haqida fikr bildirdi.

«Afsuski, Jeyms kabi o'tgan mavsumda unchalik ko'p o'ynamagan futbolchilar bor. Har bir futbolchi maydonga tushib o'ynash uchun har kuni mehnat qiladi. Bu sodir bo'lmaganida, futbolchilarning norozi bo'lishi mantiqiy holat. Trafford bizni qoniqtirgandi, ammo u, ehtimol, ko'proq o'ynashni xohlagan», — deydi Mareska City Xtra nashriga.

«Manchester Siti» Traffordni o'tgan yozda «Byornli»dan 30 million evrodan ortiq mablag' evaziga sotib olgan edi. «Shaharliklar» yangi futbolchini birinchi raqamli darvozabon qilmoqchi edi, biroq transfer oynasining so'nggi kunida ular Donnarummani o'z safiga qo'shib olishga muvaffaq bo'lishdi.

O'tgan mavsum davomida Trafford 17 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol o'tkazib yuborgan. Joriy yozda esa darvozabon «Lids»ga ko'chib o'tdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ