«PSJ» Sudzuki bo'yicha taklifini bonuslarni hisobga olgan holda 35 million evrogacha oshirdi
8 AVGUST, 2026, 15:48
«PSJ» «Parma» darvozaboni Zion Sudzukining transferi bo'yicha ishlarni davom ettirmoqda, deb xabar beradi Fabritsio Romano.
Parij klubi italiyaliklarga berilgan taklifni yaxshiladi. Kelishuvning umumiy summasi endilikda bonuslar bilan birga 35 million evroni tashkil etmoqda.
Muzokaralar davom etmoqda, transfer rasmiylashtirish jarayonida.
