«Aston Villa» «Atletiko» himoyachisini 20 million evroga sotib olmoqda
8 AVGUST, 2026, 15:30
«Aston Villa» Madridning «Atletiko» klubi himoyachisi Matteo Rudjeri bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Klublar transfer summasi bo'yicha printsipial kelishuvga erishishdi, ushbu summa taxminan 20 million evroni tashkil etadi, deb xabar bermoqda The Athletic.
24 yoshli italiyalik futbolchining o'zi Birmingem klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha muzokaralarning yakuniy bosqichida turibdi. Rudjeri Angliya Premer-ligasiga o'tish tafsilotlarini hal qilish uchun Madridda qoldi va «Atletiko» bilan Janubiy Koreyadagi mavsumoldi turnesiga uchib ketmadi.
«Aston Villa»da Rudjeriga «PSJ»ga o'tayotgan Lyuka Dinning to'g'ridan-to'g'ri o'rinbosari sifatida qarashmoqda — Chempionlar Ligasining amaldagi g'oliblari uning shartnomasidagi sotib olish optsiyasini faollashtirishgan.
Matteo Rudjeri o'tgan yozda «Atalanta»dan «Atletiko»ga o'tib, besh yillik shartnoma imzolagan edi. Madridliklar tarkibidagi o'tgan mavsumda italiyalik himoyachi barcha turnirlarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 7 ta golli uzatma yozdirib qo'ydi.
