logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Real» yozgi transfer oynasida 24 ta bitimni amalga oshirdi, yana to'rttasi kutilmoqda

 8 AVGUST, 2026, 15:24

Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasida 24 ta bitimni amalga oshirib bo'ldi, transferlar yopilguniga qadar esa yana to'rtta harakatni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Ispaniyaning Marca nashri «Qirollik klubi»ning yozgi transfer faolligini xronologik tartibda taqdim etdi va madridliklarning keyingi rejalari bilan o'rtoqlashdi.

«Real»ning 2026 yilgi yozgi transfer oynasidagi 24 ta bitimi:

«Real» shartnomasi uzaytirilmagan himoyachi Daniel Karvaxal bilan xayrlashganini e'lon qildi.

Himoyachi David Alaba klubni erkin agent sifatida tark etdi.

Ispaniyalik Alvaro Arbeloa besh oylik faoliyatidan so'ng bosh murabbiylik lavozimini tark etdi.

Portugaliyalik Joze Mourino «Real»ning yangi bosh murabbiyiga aylandi.

Himoyachi Mark Kukurelya «Chelsi»dan 55 million evro evaziga «Real»ga o'tdi.

Himoyachi Antonio Ryudiger bilan shartnoma bir yilga uzaytirilgani ma'lum qilindi.

Yarim himoyachi Bernardu Silva «Manchester Siti»dan erkin agent sifatida o'tdi va ikki yillik shartnoma imzoladi.

Himoyachi Ibraima Konate «Liverpul»dan «Real»ga tekinga o'tdi.

«Real» yarim himoyachi Daniel Sebalos bilan shartnomani bekor qildi.

«Inter»dan himoyachi Denzel Dumfris 20 million evro evaziga o'tdi.

Hujumchi Karlos Espi «Levante»dan 25 million evro evaziga o'tib, klubning beshinchi yangi xarid qilingan futbolchisiga aylandi.

«Xetafe» madridliklar tarbiyalanuvchisi Mario Martinning 50% huquqi uchun 3,5 million evro to'ladi.

«Real» «Komo»dan yarim himoyachi Niko Pas uchun 60 million evro oldi, madridliklarda 2027 yilning yozida uni qayta sotib olish optsiyasi mavjud.

Vinger Viktor Munos «Osasuna»dan «Liverpul»ga 40 million evroga o'tdi, «Real» esa bu transferdan 20 million evro oldi.

«Elche» hujumchi Alvaro Rodrigesni «Bornmut»ga 25 million evroga sotdi, ushbu summaning 12,5 million evrosi «Real»ga tegdi.

Himoyachi Fran Garsiya «Real»dan «Betis»ga 3+1 million evro evaziga o'tdi.

«Milan» «Latsio»dan himoyachi Mario Xiluni 30 million evroga sotib oldi, ushbu summaning 15 million evrosini «Real» oldi.

Himoyachi Viktor Valdepenyas «Real»dan «Fiorentina»ga o'tdi. Futbolchining 50% huquqi uchun 8 million evro to'landi va madridliklarda qayta sotib olish imkoniyati qoldi.

Klub tarbiyalanuvchisi Gonsalo Garsiya «Fulxem»ga 40 million evroga o'tdi, «Real»da kelajakdagi sotuv summasining 30% miqdori qoldi.

Yarim himoyachi Sesar Palasios ham xuddi shu shartlar asosida 10 million evro evaziga «Fulxem»ga o'tdi.

Darvozabon Fran Gonsalesining 50% huquqi «Sevilya»ga 3 million evroga sotildi.

Vinger Yan Diomande «RB Leyptsig»dan 125+15 million evro evaziga xarid qilindi va 2033 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Braziliyalik Vinisius Junior «Real» bilan shartnomasini 2032 yilning yozigacha uzaytirdi.

Argentinalik Franko Mastantuono sotib olish huquqisiz bir yilga «Fiorentina»ga ijaraga berildi.

Manbaga ko'ra, transfer oynasining qolgan 25 kunida «Real» yana to'rtta bitimni amalga oshirishni rejalashtirmoqda: yarim himoyachi Tyago Pitarch «Fulxem»ga o'tishi mumkin, himoyachi Raul Asensio pozitsiyasidagi beshinchi tanlov bo'lgani uchun jamoani tark etishi kutilmoqda, frantsiyalik Eduardu Kamavinga qolmoqchi bo'lsa-da, klub uni sotish niyatida, hujumchi Endrikni esa ijaraga yuborishmoqchi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ