logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Aston Villa» Estupinyan bilan shartnoma imzolashi mumkin

 8 AVGUST, 2026, 15:12

«Aston Villa» «Milan» himoyachisi Pervis Estupinyanning transferiga qiziqish bildirmoqda. Italiya klubi 28 yoshli ekvadorlik futbolchini transferga qo'yishga qaror qildi.

«Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Estupinyanni «Vilyarreal»dagi faoliyati orqali yaxshi taniydi va shu yozda u bilan yana bir jamoada ishlashni xohlagan edi. Oldinroq «Milan»ning yangi murabbiyi Ruben Amorim futbolchini yig'inlarda sinab ko'rmoqchi bo'lgani uchun bitim to'xtab qolgandi, ammo endilikda u Estupinyansiz ham ishni davom ettira olishini qaror qildi.

Estupinyan o'tgan yozda «Brayton»dan 17 million evro evaziga «Milan»ga o'tgan, biroq asosiy tarkibdan mustahkam o'rin ololmagan edi. Shuningdek, «Villa» «Atletiko» himoyachisi Matteo Rudjeri bo'yicha ham muzokaralar olib bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ