Ferran Torres «PSJ» bilan shartnomani kelishib oldi
8 AVGUST, 2026, 14:54
«Barselona» hujumchisi Ferran Torres yozgi transfer oynasida klubni tark etishga yaqin. 26 yoshli ispaniyalik futbolchi «PSJ» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib bo'ldi.
Tomonlar to'rt yillik bitim bo'yicha kelishuvga erishdilar. Endi Parij klubi «Barselona» bilan muzokaralarni yakunlab, transferni rasmiylashtirishi lozim.
«PSJ» Torres uchun taxminan 50 million evro to'lashi kutilmoqda. Parijliklar yaqin orada transferni yopishni rejalashtirmoqda. La Liganing o'tgan mavsumida Torres «Barselona» tarkibida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
