logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Fenerbaxche» Lukaku bo'yicha «Napoli»ga rasmiy taklif tayyorlamoqda

 8 AVGUST, 2026, 14:48

«Fenerbaxche» «Napoli» hujumchisi Romelu Lukaku transferi bo'yicha rasmiy taklif berishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Oldinroq Lukaku MLS va Saudiya Arabistoni klublari tomonidan bo'lgan bir nechta takliflarni rad etgan edi. Futbolchi uchun asosiy ustuvor vazifa — faoliyatini Evropada davom ettirish. Lukaku «Napoli»ning mavsumoldi yig'iniga qo'shilmadi, uning agenti esa boshqa klubga o'tish masalasi bo'yicha ish olib bormoqda.

«Fenerbaxche»dan tashqari, Romeluning transferiga «Beshiktash» va «Atlanta Yunayted» ham qiziqish bildirgan, «Napoli» esa futbolchi uchun 10 million evro so'ragan edi. Uning neapolitanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, aprel oyida «Napoli» mart oyidagi xalqaro tanaffus vaqtida Belgiya terma jamoasi ixtiyoridan qaytgach, klubga o'z vaqtida etib kelmagani uchun hujumchini 150 ming evro miqdorida jarimaga tortgan edi. shuningdek, Lukakuning «Napoli» bilan munosabatlari yomonlashgani, shu sababli forvard yozgi transfer oynasida jamoani tark etmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.

«Fenerbaxche» yangi mavsumni Chempionlar ligasi saralash o'yinlari bilan rasman boshladi. Unda Istanbul klubi «Gurnik Zabje» to'sig'idan o'tdi va dastlabki o'yinda «Shturm»ni mag'lub etdi (2:0).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ