Trubin shu yozda «Benfika»ni tark etmoqchi
8 AVGUST, 2026, 14:42
«Benfika»ning ukrainalik darvozaboni Anatoliy Trubin ushbu yozda Portugaliya klubini tark etishni xohlamoqda.
Xabar qilinishicha, ukrainalik futbolchi o'zini klub loyihasidan tobora chetda qolganini his qilmoqda. shuningdek, posbon Evropa Ligasi-2026/27 saralashining uchinchi bosqichida «Xarts»ga qarshi o'tkazilgan dastlabki o'yinda (6:1) zaxira o'rindig'ida qolganidan norozi.
Oldinroq Trubin «PSJ», Madridning «Real», «Tottenxem» va «Aston Villa» klublarining qiziqishlar ro'yxatiga kiritilgani haqida xabar berilgan edi. shuningdek, ukrainalik posbonga «Yuventus» ham da'vogarlik qilmoqda. «Benfika» darvozabon transferidan kamida 20 million evro ishlab olmoqchi.
«Benfika» Portugaliya chempionatining yangi mavsumini 9 avgust kuni «Akademika Vizeu»ga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Murabbiy Marku Silva jamoasi 13 avgust kuni Evropa Ligasi saralashi doirasida «Xarts»ga qarshi javob uchrashuvini o'tkazadi.
