logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Nunes qanotda o'ynash yoqish-yoqmasligi haqidagi savolga javob berdi

 8 AVGUST, 2026, 14:24

«Manchester Siti» futbolchisi Mateus Nunes aslida yarim himoyachi bo'lsa-da, sobiq bosh murabbiy Xosep Gvardiola tomonidan qanot himoyachisi pozitsiyasiga o'tkazilgani va bunga avvaliga qanday munosabatda bo'lgani haqida gapirib berdi.

«Men do'stlarimga doimo flangda o'ynash yoqmasligini va qanot himoyachisi emasligimni eslatib turardim. Ular esa: «Ha, shunday, lekin sen bu pozitsiyada juda yaxshi o'ynayapsan» deyishardi. Jamoadagi sheriklarim Bernardu Silva va Ruben Diash ham: «Sen juda yaxshi harakat qilding, shuni qabul qil», deb meni tinmay «holi-jonimga qo'yishmasdi». Men esa: «Yo'q, yo'q, yo'q», deb rad etardim.

Ammo muayyan vaqt kelganda, odamlar aytayotgan gaplarga e'tibor qaratishga majbur bo'lasan. Buni umringning oxirigacha inkor eta olmaysan, chunki aks holda o'z imkoniyatingni boy berib qo'yishing mumkin. Agar shunday qilishda davom etganimda, imkoniyatimni aniq boy berardim», — deydi Nunes The Athletic nashriga bergan intervyusida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ