Simeone Alvares haqida: «Atletiko» bir qarorga keldi. Bunday futbolchi biz bilan qolayotganidan juda xursandmiz»
8 AVGUST, 2026, 14:18
«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone Xulian Alvaresning kelajagi atrofidagi vaziyatga izoh berdi.
Argentinalik mutaxassisning so'zlariga ko'ra, Madrid klubi rahbariyati hujumchi borasida o'z pozitsiyasini allaqachon aniqlab olgan.
«Klub bir qarorga keldi va Migel Anxel Xil Marin buni juda yaxshi tushuntirib berdi. Futbol nuqtai nazaridan, safimizda Xuliandek o'yinchi borligidan juda xursandmiz va unga yanada o'sish hamda yaxshilanishda yordam berishda davom etamiz», — dedi Simeone. Uning so'zlarini Pedro Fulyanaga tayangan holda Fabritsio Romano keltirmoqda.
