logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Klaveness Blatterning uni FIFA rahbarligiga nomzod sifatida ko'rsatgani haqidagi bayonotini izohlashdan bosh tortdi

 8 AVGUST, 2026, 14:12

Norvegiya futbol federatsiyasi prezidenti Lise Klaveness Yozef Blatterning uni FIFA rahbari lavozimiga nomzod sifatida ko'rsatgani haqidagi bayonotiga izoh berishdan bosh tortdi.

Oldinroq Blatter bu lavozimda ayol kishi o'z kuchini sinab ko'radigan vaqt kelganini aytgan va Klavenessga xalqaro federatsiyani Janni Infantino o'rniga boshqarishni taklif qilgan edi.

«Men hali o'yinchi bo'lgan vaqtimda Blatter prezident edi. Uning ayollar kaltaroq shortiklarda o'ynashini xohlagani yodimda va men bunga o'shandayoq izoh berib bo'lganman. Ammo uning bu yangi bayonotini izohlab o'tirmayman», — dedi Klaveness NRK telekanali efirida.

FIFAning yangi prezidenti saylovi 2027 yilning mart oyida Marokashda bo'lib o'tadi. Hozirga qadar Infantino yagona nomzod bo'lib turibdi.

Oldinroq UEFA, KONKAKAF va OFK Infantinoni lavozimidan chetlashtirishni xohlayotganini ma'lum qilgan edi. UEFA ushbu talab bajarilmaguncha FIFAning rasmiy turnirlariga boykot e'lon qilish bilan tahdid qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ