logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Alonso: «Koshta? Men «Chelsi» darvozabonlaridan mamnunman»

 8 AVGUST, 2026, 14:06

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso «Portu» darvozaboni Diogu Koshtaning ehtimoliy transferi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

«Men darvozabonlarimizdan juda mamnunman. Mayk Penders «Strasbur»da o'zini ko'rsata oldi, Sanchesda esa Premer-ligada katta tajriba bor», — deydi Alonsoning so'zlarini insayder Fabritsio Romano.

O'tgan mavsumda Robert Sanches barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 67 ta gol o'tkazib yuborgan. Penders esa «Strasbur» tarkibida 52 ta uchrashuvda qatnashib, 65 marta o'z darvozasidan to'p olib chiqqan.

Angliya Premer-ligasining yangi mavsum 1-turida «Chelsi» safarda «Fulxem»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 24 avgust kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ