«Nyukasl» Xollning vakillari bilan suhbatlashdi
8 AVGUST, 2026, 14:00
«Nyukasl» rahbariyati boshqa klublar, xususan «Manchester Yunayted» tomonidan bo'layotgan qiziqishlar fonida Lyuis Xollning vakillariga 21 yoshli angliyalik futbolchi sotilmasligini ma'lum qildi.
Mankunianliklar Angliya terma jamoasi a'zosini o'z safiga qo'shib olishga harakat qilib ko'rishdi, ammo «qarg'alar» rahbariyatidan qat'iy rad javobini olishdi.
Insayder Fabritsio Romano berib o'tgan ma'lumotga ko'ra, futbolchining ehtimoliy transferi bilan bog'liq masala to'liq yopilgan. «Nyukasl» uni sotish variantini umuman ko'rib chiqmaydi va Xollni jamoaning kelajakdagi asosiy hamda kalit futbolchilaridan biri sifatida baholamoqda.
Yarim himoyachining bozor qiymati 40 million evroni tashkil etadi. Uning «Nyukasl» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.
