logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Spens «Manchester Yunayted»ga taklif qilindi

 8 AVGUST, 2026, 14:00

«Tottenxem» himoyachisi Jed Spens «Manchester Yunayted»ga o'tishi mumkin.

Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, joriy transfer oynasida «Tottenxem»dan ketish imkoniyatini ko'rib chiqayotgan 25 yoshli futbolchining xizmatlari «qizil iblislar»ga taklif qilingan.

Manbaga ko'ra, «shporlar» Spensni taxminan 41 million evroga baholashmoqda, ammo «Manchester Yunayted» hozircha angliyalik futbolchini sotib olish yoki olmaslik borasida bir qarorga kelmagan. Ta'kidlanishicha, Spens «Liverpul»ga ham taklif etilgan.

2025/26 yilgi mavsumda himoyachi barcha turnirlarni inobatga olgan holda 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, mahsuldor harakatlari bilan ajralib turmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ