logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Napoli" bu xaridni amalga oshirish uchun ikki hujumchisining biridan voz kechishi kerak

 8 AVGUST, 2026, 10:54

"Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezus uchun 18 million funt sterling narx belgiladi.

Jezus o'tgan mavsumda Premer-ligada "Arsenal" safida atigi uchta o'yinda maydonga tushdi va uning shartnomasi tugashiga atigi bir yil qoldi.

Shuning uchun "Arsenal" Jezus uchun takliflarni qabul qilishga tayyor va Sky Sports xabariga ko'ra, 29 yoshli braziliyalik futbolchi uchun narx belgilab qo'ygan.

Hozirda "Napoli" Jezusga eng jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bosh murabbiy Massimiliano Allegri Gabrielning uzoq yillik muxlisi va hatto "Manchester Siti"ning sobiq futbolchisining agenti bilan yaxshi munosabatdi.

Bu agent Jovanni Brankini juma kuni "Napoli" mavsumoldi yig'inini o'tkazayotgan "Kastel-di-Sangro" o'quv-mashg'ulot yig'inida ko'rindi.

Ammo Jezusni olib kelishdan oldin, "Napoli" avval Lorentso Lukka yoki Romelu Lukakudan qutulishi kerak.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ