logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Talyafiko JCh-2026 finalidagi mag'lubiyat haqida: «Biz bu Jahon chempionati bilan faxrlanishimiz kerak»

 8 AVGUST, 2026, 10:24

Argentina terma jamoasining chap qanot himoyachisi Nikolas Talyafiko jamoaning o'tib ketgan Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Albiseleste» mundialda ketma-ket ikkinchi zafardan bir qadam olisda to'xtadi. Lionel Skaloni jamoasi finalda qo'shimcha bo'limlar yakuniga ko'ra Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi (0:1).

«Biz ushbu Jahon chempionati bilan faxrlanishimiz kerak. Ketma-ket ikkita finalga etib kelish, ikkita medalni qo'lga kiritish — oson emas. Mag'lubiyatni ham tan olishni bilish lozim. Bu medal sening oxirigacha etganingni, bor kuchingni berganingni ko'rsatadi. Bu juda katta ahamiyatga ega», – dedi klub darajasida «Lion» sharafini himoya qilayotgan 33 yoshli futbolchi.

Ispaniyaliklarning hal qiluvchi goli 106-daqiqada Ferran Torres tomonidan kiritildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ